Kinofilmlarning eng yaxshi fazilatlaridan biri shundaki, ular bizni ruhlantiradi va hayotimizga chinakamiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, tavakkal qilishga, yangi narsalarni o‘rganishga va hech qachon taslim bo‘lmaslikka tayyor bo‘lgan jasur qahramonlar haqidagi hikoyalar shular jumlasidandir. Quyida ko‘tarinki kayfiyat uchun eng sara filmlarni to‘pladik. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, ular sizni ko‘p narsalarga boshqa tomondan qarashga majbur qiladi.
“Oktyabr osmoni”, 1999-yil
Gomer X. Xikem - otasining irodasiga qarshi o‘laroq raketa texnikasi bilan shug‘ullanishga qaror qilgan konchining o‘g‘li. Oqibati nima bo‘lganini esa filmni ko’rib bilib olasiz.
“Shirin noyabr”, 2001-yil
Hayotda ishdan boshqasini payqamaydigan tirishqoq erkak va hamma narsani birdaniga qilishga odatlangan qiz. Ular jiddiy munosabatlarni qidirishmayotgan edi, lekin endi hamma narsa o‘zgarishi mumkin.
“Qalbimda esa raqsga tushyapman”, 2004-yil
Rori nogironlar uyiga borganida, u yerda deyarli butun umri davomida yashagan Maykl bilan tanishadi. Kutilmaganda qahramonlar o‘rtasida do‘stlik paydo bo‘ladi, bu ularning har birining taqdirini o‘zgartirishi mumkin.
“Muvaffaqiyat sari 10 qadam”, 2006-yil
Bo‘lajak rolga tayyorgarlik ko‘rayotgan keksa aktyor supermarketda yosh va quvnoq qizni uchratadi. Va u yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lganida, ular haqiqiy sarguzashtni boshlaydilar.
“Toki hayot ekanmiz”, 2007-yil
Davosi yo‘q kasalga chalingan ikki bemor kasalxonadagi onkologiya bo‘limidan qochib ketishadi va o‘lim oldidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan istaklar ro‘yxati bilan sayohatga chiqishadi.
“127 soat”, 2010-yil
Alpinist Moab yaqinidagi kanyonda yolg‘iz o‘zi tosh ostida qolib ketadi. Tirik qolish uchun u umidsiz choralarni qo‘llaydi.
“Xotiralar shahriga sayohat”, 2014-yil
Tildaning ota-onasi uning sevimli bobosini kuchayib borayotgan Alsgeymer kasalligi tufayli qariyalar uyiga joylashtirmoqchi bo‘ladi. Biroq, bu sodir bo‘lishidan oldin, qizaloq bobosini o‘zi bilan maxsus sarguzashtga olib boradi.








