Daryo

Tramp uchinchi jahon urishi yaqin oylarda boshlanishini aytdi

Siyosatchi Bayden administratsiya tufayli jahon urushi boshlanishi mumkinligini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish22 634 ko‘rishlar0 izoh0

Amerika administratsiyasi harakatlari tufayli 3-4 oy ichida insoniyat jahon urushi holatiga tushib qolishi mumkin. Bu haqda AQSH prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Kaliforniyada o‘tkazilgan mitingda ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“Keyingi uch-to‘rt oy ichida bizning (hukumatdagi) odamlar tufayli jahon urushi holatiga tushib qolishimizdan xavotirdaman”, dedi siyosatchi.

Tramp agar prezident etib saylansa, Ukrainadagi urushni hal qilishi va “Yaqin Sharqdagi tartibsizlikka barham berishi” mumkinligini yana ta’kidladi.

Siyosatchi Bayden administratsiyasi harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan. U AQSH prezidenti etib qayta saylansa, bir kun ichida Ukrainadagi urushni tugatishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, o‘z davrida Yaqin Sharqda urush boshlanmasligini bildirgan.

Trampning fikricha, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, “dunyoda yana tinchlik o‘rnatiladi”, agar vitse-prezident va demokratlardan nomzod Kamala Harris yutsa, “dunyo kuyib kul bo‘ladi”. U dunyoning uchinchi jahon urushiga yaqinlashayotgani alomatlaridan biri sifatida Ukrainaning Rossiyaga ehtimoliy zarbalari haqidagi munozaralarni keltirdi:

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro quroli haqida gapirmoqda, Amerika prezidenti Jo Bayden esa nima deyishni bilmayapti”, degan u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar