Daryo

Rasman: Isroil Madrimov “Usik—Fyuri II” boks kechasida jang qiladi

21-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan jang oqshomida unga ukrainalik bokschi raqiblik qiladi

1 daqiqa o‘qish74 671 ko‘rishlar0 izoh0

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyodda “Tayson Fyuri – Aleksandr Usik 2” boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadigan barcha janglar ma’lum bo‘ldi.

Foto: instagram

Ushbu jang kechasidan quyidagi janglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan:

  • Isaak Lou (25-2-3, 8 KO) — Li Makgregor (14-1-1, 11 KO)
  • Dennis Makkenn (16-0-1, 8 KO) — Piter Makgreyl (10-1, 6 KO)
  • Jonni Fisher (12-0, 11 KO) — Devid Allen (23-6-2, 18 KO)
  • Moses Itauma (10-0, 8 KO) — Demsi Makkin (22-1, 14 KO)
  • Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) — Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO)
  • Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) — Oleksandr Usik (22-0, 14 KO).

Avvalroq tomonlar tomonlar ushbu jang uchun muzokaralarga kirishgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov o‘zining so‘nggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4-avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar