Daryo

Poroshenko Zelenskiydan parlamentga g‘alaba rejasini taqdim etishni talab qildi

“Mamlakat uchinchi katta urushni boshidan kechirmoqda, bu qanday tugaydi, degan savol bizni xavotirga solmoqda”, dedi Ukrainaning sobiq prezidenti

1 daqiqa o‘qish11 134 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainaning sobiq prezidenti va Oliy Rada deputati Pyotr Poroshenko amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga murojaat qilib, parlamentga urushning tugashiga olib kelishi kerak bo‘lgan “g‘alaba rejasi”ni taqdim etishga chaqirdi.

Sharqiy Yevropa hisobot byurosiga ko‘ra, bu haqda Yevropa birdamlik partiyasi raisi bo‘lgan Poroshenko Oliy Radaning bugungi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Foto: RIA Novosti

“Mamlakat uchinchi katta urushni boshidan kechirmoqda, bu qanday tugaydi, degan savol bizni xavotirga solmoqda, Ukraina parlamentar mamlakat va prezident bunday rejani parlament bilan muhokama qilishi kerak”, dedi Poroshenko.

Avvalroq Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel G‘arbning harbiy va iqtisodiy yordami bo‘lmasa, Ukrainadagi urush ikki hafta ichida tugashini aytib o‘tgandi.

“Ko‘pchilik bu mojaroning tezroq tugashini xohlaydi. Agar biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsak, 15 kundan so‘ng urush tugaydi va Putin o‘z maqsadlariga erishadi”, dedi Borrel.

Sentyabr oyida Vladimir Zelenskiy Ukrainaning g‘alaba rejasi to‘rtta asosiy va bitta qo‘shimcha bandni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar