Daryo

Turkiyada mushuklarni o‘ldirgan erkak 8 yilga qamaldi

Sud majlisida ayblanuvchi va uning advokati ishtirok etmagan

1 daqiqa o‘qish11 620 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyaning Istanbul shahrida mushuklarni kislota bilan o‘ldirgan erkak sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda DHA xabar berdi.

Kollaj: Haberidiyoruz

Istanbul fuqarosi 2023-yil iyul oyida Eyupsulton tumanida mushuklarga kislota sepgan. Hayvonlar o‘limga olib keladigan darajada kuygan va nobud bo‘lgan. 

Istanbul shahar sudi erkakni “birdan ortiq uy hayvonlarini qasddan o‘ldirish” moddasi bo‘yicha 4,5 yilga, shuningdek, “birdan ortiq hayvonni qiynoqqa solish yoki ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lish” uchun 3 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.

Sud majlisida Istanbul advokatlar kollegiyasi Hayvon huquqlari markazi advokatlari va Eyupsulton tuman ma’muriyati advokati qatnashgan. Ayblanuvchi va uning advokati esa ishtirok etmagan. Umumiy hisobda erkak 8 yil-u 3 oy jazo muddatini o‘taydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar