Daryo

Liga 1. Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda “Lans” durang qayd etdi

Fransiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish11 958 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. “Lans” klubi “Strasburg” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Nzola gol kiritib mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 12-daqiqada Silla muvozanatni tenglashtirdi. Diuf birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida to‘p kiritib “Lans” klubining bo‘limdagi ustunligini ta’minladi. Diarra 60-daqiqada “Strasburg” hisobni tenglashtirdi va ushbu hisob uchrashuvning so‘nggigacha saqlanib qoldi.

Shu tariqa, “Lans” chempionatdagi 5-o‘yinda durang o‘ynadi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. Sofascore nashri himoyachining o‘yinini 7,1 ballga baholagan.

Foto: Sofascore

Fransiya chempionatining 7 turidan so‘ng 6 g‘alaba va 1 durang qayd etgan “Monako” yetakchilik qilmoqda. Uchrashuvlarning 2 tasida durang qayt etgan “PSJ” ikkinchi o‘rinda bormoqda. 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar