Daryo

Klopp Germaniya prezidenti tomonidan mukofotlandi

Unga “Germaniya oldidagi xizmatlari uchun” ordeni topshirildi

1 daqiqa o‘qish6 544 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” va Dortmundning “Borussiya” klublarining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Germaniya oldidagi xizmatlari uchun” federal ordeni bilan taqdirlandi.

Foto: Championat

Bild xabariga ko‘ra, ushbu mukofotning taqdimoti 3-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Germaniya birligi kuni fonida o‘tkazildi.

Kloppning mukofotiga ilova qilingan yozuvda shunday deyilgan: “Muvaffaqiyat va shon-shuhrat unga hech qachon har bir sportchida, avvalo, insonni ko‘rishga xalaqit bermagan”.

Murabbiyga davlat mukofotini Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirgan.

Ma’lumot uchun, Klopp 2008-yildan 2015-yilgacha “Borussiya” klubini boshqargan. Bu davrda u jamoa bilan ikki marta Germaniya chempioniga aylandi. 2015-yildan 2024-yilgacha Klopp “Liverpul” bilan Chempionlar Ligasi va Premyer Ligada g‘olib chiqqan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar