Daryo

Murodjon Ahmadaliyev: “Inoue, seni nokautga uchrataman” 

Murodjon yaponiyalik raqibiga yana bir bor murojaat yo‘lladi

1 daqiqa o‘qish28 666 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor ehtimoliy raqibi Naoya Inouega murojaat qildi. 

Charm qo‘lqop ustasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik jahon chempionini qochib yurmaslikka chaqirdi. 
 
“Inoue, qochib yurishni bas qil! Men o‘z chempionlik kamarlarimni sog‘indim. Ularni qaytarib olish vaqti keldi. Qachongacha mendan qo‘rqib, qochib yurasan? Menga manzilni ayt! AQSHmi, Yaponiyami yoki boshqa davlat, ochig‘i menga buning farqi yo‘q. Chempionlik kamari uchun istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Men seni nokaut evaziga mag‘lub etaman”, — dedi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi.

Murodjon Ahmadaliyev esa uning WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar