Daryo

Eron Isroilga 500 ga yaqin ballistik raketalar uchirdi 

Raketalarning bir qismi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimidan o‘tib yerga tushgan. Vayronagarchiliklar ko‘lami haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q

1 daqiqa o‘qish65 971 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 1-oktyabr kuni Eron Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishni boshladi. Isroil OAV xabarlariga ko‘ra, Eron tomonidan jami 500 ga yaqin raketalar uchirilgan.

Raketalarning bir qismi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimidan o‘tib yerga tushgan. Vayronagarchiliklar ko‘lami haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish eʼlon qilindi. Isroil aholisiga zudlik bilan boshpanalarga joylashish buyurilgan.

Avvalroq Oq uy vakili Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar qilgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar