Daryo

Zelenskiy Putinning yadroviy tahdidlariga javob qaytardi

Rossiya prezidenti oddiy qurol bilan “kritik tahdid” ham yadorviy quroldan foydalanishga sabab bo‘lishini aytgandi

1 daqiqa o‘qish24 094 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning yadroviy tahdidlariga javob qaytardi. Bu haqda siyosatchi telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Zelenskiyning so’zlariga ko‘ra, hech kim Rossiya prezidentining miyasida nima borligini bilmaydi.

U istalgan vaqtda, istalgan davlatga qarshi yadro qurolini ishlatishi mumkin. Uning buni qilishiga ishonchim komil emas. Men sizga o‘z fikrlarimni aytyapman, lekin xudoga shukurki, men Putin emasman. Aniq bilolmayman, chunki u doim ham o‘zini adekvat tutmaydi. Har qanday adekvat odam shunchaki Ukrainaga kelib, u qilgan ishlarni qilmaydi, deya ta’kidladi siyosatchi.

Ukraina prezidenti Rossiya rahbari “boshqalarning hayotini boshqarish”ni ham yaxshi ko‘rishini aytdi.

Aynan shuning uchun ham u yadroviy quroldan foydalanishdan qo‘rqishi kerak, deb o‘ylayman, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Putinning yadroviy tahdidi

Rossiya prezidenti oddiy qurol bilan “kritik tahdid” ham yadroviy quroldan foydalanishga sabab bo‘lishini aytdi. U yadroviy doktrinaning o‘zgarishini istisno qilmadi. Shu bilan birga, hozirda yadroviy quroldan foydalanish haqida “hatto o‘ylash”ning hojati yo‘qligini aytdi.

Putinga ko‘ra, yangilangan yadro doktrinasi loyihasida yadroviy tiyib turish siyosati olib boriladigan davlatlar va harbiy ittifoqlar toifasi kengaytiriladi.

Rossiya tomon havo-kosmik hujum vositalarining yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risidagi ishonchli axborot yadroviy javobni keltirib chiqarishi muqarrar. Rossiya Belarusga nisbatan tajovuz sodir etilgan taqdirda ham yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi, dedi Kreml rahbari.

Rossiya chegarani kesib o‘tishda raketa va dronlarning ommaviy uchirilishi haqidagi ishonchli ma’lumotlardan keyin yadro qurolidan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar