Daryo

APL klublari mavsum startidan oldin transfer oynasi yopilishini xohlamoqda

Hozirda transferlar oynasi 30-avgust kuni yopiladi

1 daqiqa o‘qish4 694 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya premyer ligasi klublari yozgi transfer oynasini erta yopish niyatida.

Foto: Soccer

The Times xabariga ko‘ra, APL klublari yozgi transfer oynasini kelgusi yildan 15-avgustda, yangi mavsum boshlanishidan oldin yopish bo‘yicha kelishib olgan. Qolgan top-5 ligalar (La Liga, Bundesliga, A Seriya va Liga 1) ham Premyer Liga qaroriga ergashishi kutilmoqda.

Hozirgi paytda 30-avgust Angliyaning yuqori divizionida yozgi transfer oynasidagi so‘nggi kun bo‘lib kelgan.

Bungacha ham APL mavsum boshlanishidan oldin transfer oynasini yopishga urinib ko‘rgan. Masalan, 2018-yilda 9-avgust kuni savdolar to‘xatilgan. Ammo 1,5-yil o‘tgach, klublar avvalgi sana — avgust so‘ngiga qaytish uchun ovoz berishgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar