Daryo

Germaniya chempionatida o‘tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

Ikki sovringa ham amaldagi chempion jamoa a’zolari ega chiqdi

1 daqiqa o‘qish6 090 ko‘rishlar0 izoh0

Xavi Alonso Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyiga atalgan sovringa ega chiqdi, Virts esa eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.

 

Xabi Alonso Bundesliganing eng yaxshi murabbiyi sifatida “Kumush o‘rindiq” bilan taqdirlandi.

Chempionatda g‘olib bo‘lgan “Bayer” bosh murabbiyi futbolchilar assotsiatsiyasining (VDV) 84,1% ovozini oldi. Tashkilot Germaniyada o‘ynayotgan professional futbolchilar manfaatlarini himoya qiladi. Tanlovda Bundesliga, 2-Bundesliga, 3-liga va mintaqaviy ligalarning barcha o‘yinchilari ovoz berishda qatnashdi.

Leverkuzenliklar yarim himoyachisi Florian Virts esa Germaniya chempionati 2023—24-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisiga aylangan “kumush butsa”ga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, “Bayer”dan Virts, Granit Jaka, Jonatan Ta, Aleks Grimaldo va Jeremi Frimpong mavsumning ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Chempion jamoa o‘yinchilaridan tashqari tarkibga Harri Keyn va Jamol Musiala (ikkalasi ham “Bavariya”), Seru Girassi va Valdemar Anton (ikkalasi ham sobiq “Shtutgart”), Xavi Simons (“Leypsig”) va Gregor Kobel (“Borussiya”) kiritildi.

O‘tgan mavsumda Germaniya chempionatida “Bayer” klubi hech qaysi uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rindagi  “Shtutgart” klubi bilan oradagi farq 17 ochkoni tashkil etdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar