Daryo

UFC’ning yangi chempioni Habibning ukasi bilan jang qilmoqchi emas

UFC 306 musobaqasida Dvalishvili Shon O’Mellini hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi va amerikalik sportchidan kamarni tortib oldi

1 daqiqa o‘qish34 558 ko‘rishlar0 izoh0

Aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha kelib chiqishi gruzin bo‘lgan amerikalik jangchi, yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC)ning yangi chempioni Merab Dvalishvili nega rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilishni istamasligini tushuntirdi.

Foto: UFC

Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 306 musobaqasida Dvalishvili Shon O’Mellini hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi va amerikalik sportchidan kamarni tortib oldi. Oldinroq promouterlik rahbari Dana Uayt Nurmagomedov chempionlik uchun majburiy da’vogarga aylanishini aytgan edi.

“Umar yomon jangchi emas, lekin reytingning eng yaxshi 15 ligida u faqat bitta jangda g‘alaba qozondi. Aljameyn (Sterling) bugun Umar yutgan Sendhagenni birinchi raundda “uxlatib qo‘ydi”. Nurmagomedov birinchi navbatda Pyotr Yan bilan jang qilib ko‘rsin”, dedi yangi chempion matbuot anjumanida.

Merab Dvalishvili keyingi jangini braziliyalik Deyvson Figeredoga qarshi o‘tkazmoqchi ekanini aytdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar