Daryo

Hasanboy Do‘stmatov WBA kamari uchun jang qilishi mumkin

O‘zbekistonlik bokschi WBA reytingida yetakchi bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish12 166 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki karra Olimpiada chempioni, professional boksning minimal vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo'lib turgan Hasanboy Do‘stmatov keyingi jangida chempionlik kamari uchun ringga chiqish niyatida ekanini aytib o‘tgan.

Foto: Getty Images

“Men barcha unvonlarga erishib bo‘ldim, barcha turnirlarda g‘olib chiqdim. Ikki karra Olimpiya chempioni hamda Vel Barker kubogi sohibiman. Ehtimol bu orqali havaskor boks tarixidagi eng so‘nggi bokschiga aylangandirman. 

Agar men erishmoqchi bo‘lgan biror yutuq bo‘lsa, bu professional ringda jahon chempioni bo‘lishdir. Men minimal vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoniga majburiy da’vogarman. Jamoam bilan chempion bilan jang o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilyapman”, dedi 31 yoshli o‘zbekistonlik sportchi.

Eslatib o'tamiz, oy boshida WBA eng yaxshi bokschilarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Hasanboy bir yil davomida professional janglarda ishtirok etmaganiga qaramay, minimal vaznda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar