Daryo

Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lishni xohlaydi

Sportchi hokimiyatdagi qalloblar irland xalqi oldida javob berishi kerak, deb hisoblaydi

1 daqiqa o‘qish22 903 ko‘rishlar0 izoh0

Irlandiyalik aralash jang san’atlari sportchisi (MMA), ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lishni xohlamoqda.

Foto: Getty Images

Makgregor 2025-yilda Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishiga shama qildi.

“Prezident sifatida menda Doylni (Irlandiya parlamentining quyi palatasi) chaqirish va uni tarqatib yuborish huquqi bo‘ladi. Shunday qilib, yuqorida aytganimdek, Irlandiya xalqi bu qaroqchilar, oilaviy an’analarni buzuvchi va kichik biznesni ta’qib qiluvchilardan olishga harakat qilayotgan barcha javoblarni olaman.

Hokimiyatdagi bu qalloblar xalqimiz oldida javob beradi. Va men buni qilaman.

Irlandiyaga xalq tomonidan saylangan faol prezident kerak. Bu — men. Men yagona, mantiqiy tanlovman. 2025-yil yaqinlashmoqda”, deb yozdi Konor Makgregor X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Makgregor o‘zining so‘nggi jangini 2021-yilning yozida o‘tkazib, amerikalik Dastin Poryega texnik nokaut bilan yutqazgandi. Ushbu jangda irlandiyalikning oyog‘i singan va shu sabab jangni davom ettira olmagan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar