Daryo

Murodjon Ahmadaliyev: “Naoya, menga jang manzilini ayt” 

O‘zbekistonlik bokschi Naoya Inouega murojaat yo‘lladi

1 daqiqa o‘qish68 542 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inouega murojaat yo‘lladi. 

“Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qo‘rqma. AQSHda bo‘ladimi, Yaponiyada bo‘ladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda bo‘ladimi, menga farqi yo‘q. Tayyorman. Let’s go champ”, — deydi Murodjon.

Ahmadaliyev 2023-yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.

Naoya bugun mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratdi. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘ldi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar