Daryo

Paralimpiya. Taekvondochi Ziyodaxon Isoqova yarim finalga yo‘l oldi

Final yo‘llanmasi uchun Ziyodaxon tailandlik sportchiga qarshi bahs olib boradi

1 daqiqa o‘qish5 918 ko‘rishlar0 izoh0

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya bahslarida para taekvondo bahslariga start berildi.

Foto: Videodan kadr

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan o‘zbekistonlik Ziyodaxon Isoqova chorak final jangini o‘tkazdi. Ziyodaxon neytral maqomda qatnashayotgan sportchi Zakiya Xudadadiga qarshi bahsda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi u yarim finalda tailandlik Khvansuda Phuangkitchaga qarshi musobaqaga kirishadi.

Ma’lumot uchun, Ziyodaxon Isoqova ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan soat 21:37 da boshlanadi. 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar