Daryo

UFC reytingi yangilandi. Bogdan Guskov bir pog‘ona pastladi 

Bunga uning janglarda qatnashmayotgani sabab bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish18 938 ko‘rishlar0 izoh0

Yarim ogir vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov reytingda bir pog‘ona pastladi.

Foto: Google Images

U aprel oyida amerikalik Rayan Spenn ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng reytingda 12-o‘rinda qayd etilgan edi. Shundan so'ng, Bogdan reytingda bir pog‘ona pastlagan edi.

Foto: “UFC”

O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan janglardan so‘ng Guskov yana bir o‘rin pastga tushdi va 14-pog‘onadan joy oldi. Bunga uning janglarda qatnashmayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Hozircha O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan jangchilardan faqatgina Bogdan Guskov top-15 ga kirishni uddaladi.

Yana bir UFC jangchisi Xoakin Bakli ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lib top-15 ga kira olmagan edi.

Sportchi 26-oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC-308” turnirida rossiyalik Rinat Faxretdinovga (22-1-1) qarshi jang qiladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar