Daryo

UFC yana bir o‘zbekistonlik sportchi bilan shartnoma imzoladi

Sportchi tashkilot bilan 4 ta jang uchun kelishuvga erishgan

1 daqiqa o‘qish29 555 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Ramazon Temirov rasman UFC bilan shartnoma tuzdi va u jahonning eng kuchli promoushenida 12-oktyabr kuni debyut qiladigan bo‘ldi.

Foto: “Olamsport”

Sportchi bunga qadar yana bir nufuzli liga—Rizin’da o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgandi. Ramazon Temirov hozirda 9 ta g‘alabali seriyaga ega. U super yengil (57,6 kg) hamda o‘ta yengil (61,2 kg) vazn toifasida oktagonga ko‘tarilgan.

Ramazon tashkilot bilan 4 ta jang uchun kelishuvga erishgan.

27 yoshli Temirovga UFC’dagi birinchi jangida amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qiladi. Vergara shu kungacha UFC’da oltita jang o‘tkazib, uchta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat qayd etgan.

Temirov faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 

Jang UFC Vegas 98 turniri doirasida o‘tkaziladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar