Daryo

Parij—2024. O‘zbekistonlik murabbiy finalda ham qirg‘iz bokschiga yordam beradimi?

Ushbu vazn toifasida Abdumalik Halokov ham finalga yo‘l oldi va qirg‘iz sportchisiga qarshi ringga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish60 479 ko‘rishlar0 izoh0

Parij Olimpiadasida boks bahslari yakuniga yetib bormoqda. Qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek Uulu mamlakat tarixida ilk bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Unga o‘zbekistonlik Akmal Hasanov murabbiylik qilmoqda.

Foto: Olympic

8-avgust kuni -57 kg gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda qirg‘iz sportchisi bolgariyalik Xavier Ibanez ustidan g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Aynan shu vazn toifasida bahslarda qatnashuvchi Abdumalik Halokov yarim finalda avstraliyalik Charlie Senyorga qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi. 

Endi oltin medal masalasini Munarbek Seyitbek Uulu va Abdumalik Halokov hal qiladi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek murabbiyining xizmatlari qahramonlik darajasida ulug‘lanmoqda. Foydalanuvchilar finalda ham o‘zbek murabbiyi qirg‘iz sportchisi yonida bo‘lishini xohlamoqda.

“Olamport” nashri jurnalisti murabbiydan final bahsida ham qirg‘iz sportchisiga murabbiylik qilishi mumkinligi haqida so‘radi:

“Yo‘q, Allohga shukr, finalga chiqdi. Bu yog‘iga endi kuchlisi yutsin”.

O‘zbek—qirg‘iz boks derbisi 10-avgust tunida bo‘lib o‘tadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar