Daryo

AQSH Nigerdagi harbiy qismlarini to‘liq olib chiqib ketdi 

AQSHning 200 nafar askardan iborat so‘nggi kontingenti hokimiyatni egallagan Niger harbiy xuntasining qatʼiy talabi bilan evakuatsiya qilingan

1 daqiqa o‘qish23 652 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH harbiy qo‘mondonligi 5-avgust kuni Nigerdagi harbiy kontingentini to‘liq evakuatsiya qilgan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Foto: AFP

Pentagon AQSH harbiy qismlarining mamlakatdan to‘la olib chiqilganini tasdiqlagan. Mamlakatning Nigerdagi bazasi to‘la demontaj qilingan.

Bundan bir yil avval Nigerda davlat to‘ntarishi yuz berib, harbiylar hokimiyatni egallagan edi. Hukmron xunta mamlakat hududidagi barcha xorijiy qismlarga murojaat yuborib tez fursatda Nigerdan chiqib ketishni so‘ragan. Bu chaqiriqqa javoban avval Yevropa mamlakatlari, keyin esa AQSH qismlari poligonlari yopila boshlangan.

AQSH uzoq yillar davomida maxsus operativ bo‘linmalarni saqlagan Nigerdagi 201-havo bazasi to‘liq xunta qo‘liga o‘tgan. Amerikaliklardan bo‘shagan tuzilmani mahalliy hukumat o‘z harbiy infratuzilma obyektiga aylantirishni rejalashtirgan.

“AQSH kuchlari va texnikalarini Agadesdagi 201-havo bazasidan olib chiqib ketish yakunlandi. Operatsiya to‘qnashuvlarsiz va xavfsiz o‘tdi. Ushbu saʼy-harakatlar — AQSH va Nigeriya qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik davom etadi. Xorijiy bo‘linmalar chiqib ketishi ortidan harbiy hamkorlik ko‘rinishi o‘zgaradi”, deyiladi Niger rasmiylari bergan bayonotda.

Xabarga ko‘ra, 5-avgust kuni olib ketilgan AQSH kontingenti 200 nafar askardan va ko‘plab texnikalardan iborat bo‘lgan. Ushbu bo‘linmadan ekstremistik guruhlarga qarshi kurash olib borishda foydalanilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar