Daryo

Parij—2024. O‘zbekiston bayroqdori Olimpiya medalini naqd qildi

Abdumalik Halokov ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsni mag‘lub etdi

1 daqiqa o‘qish33 218 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: Getty Images

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov turnirdagi ikkinchi jangini ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsga qarshi o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundda to‘liq ustunlik qildi: 5:0. Ikkinchi raundda ham Abdumalik Halokov xotirjamlikni saqlab o‘z ustunligini namoyish qildi.

So‘nggi raundda ham sportchi o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatdi va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi.

Abdumalik Halokov Shvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarshi jang qilib g‘alaba qozongan edi.

Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da Abdumalik Halokov g‘alaba qozongan edi. 

2000-yil 9-aprelda Buxoroda tug‘ilgan bokschi Osiyo va Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar