Daryo

Kamala Harrisning saylovoldi jamg‘armasi 310 million dollar yig‘ib, Trampdan o‘zib ketdi  

Homiylik mablag‘larining oshishiga amerikaliklarning katta qismi Harrisni mo‘tadil fikrlovchi, fanatizmdan xoli, Tramp va Baydendan farqli ravishda “yomon ish tajribasiga ega bo‘lmagan” nomzod sifatida ko‘rayotgani sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish8 176 ko‘rishlar0 izoh0

Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasi iyul oyida 310 million dollardan ortiq mablag‘ jamg‘arib, Donald Trampdan o‘zib ketgan. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Foto: AP

Manbada aytilishicha, hozirda Kamala Harris uchun yig‘ilgan mablag‘lar Tramp byudjetidan 50 million dollarga ko‘p. Harris saylov poygasiga kechroq kirishgan bo‘lsa-da, faol targ‘ibot orqali juda ko‘p homiylarni jalb qila olgan.

Harris xayriya byudjetiga yig‘ilgan jami mablag‘ 377 million dollarni tashkil etgan. Tramp kampaniyasida esa bu miqdor 327 million dollarga yetgan.

Kamala Harrisning Bayden o‘rniga poygaga qo‘shilishi AQSH aholisi orasida Demokratlarga nisbatan ishonchni kuchaytirgan. Buning oqibatida homiylik qilishni istaganlar juda ko‘paygan. So‘nggi bir oydagi yirik targ‘ibot tadbirlari hamda 170 ming xodimning Harris saylovoldi tashviqot jarayonlariga jalb qilinishi ham xayriya tadbirlarini jonlantirgan.

Bayden hali poygada bo‘lgan paytida eʼlon qilgan tushunarsiz ritorikalari, kognitiv salomatlik muammolari tufayli Demokratlar partiyasining saylov kampaniyasi o‘ta samarasiz bo‘lgan. Yirik korporatsiyalar yetarlicha layoqatga ega bo‘lmagan nomzodga pul tikishni istamagan.

Manbaga ko‘ra, Kamala Harris amerikaliklar ko‘z o‘ngida erkin fikrlovchi, fanatizmdan xoli, salbiy xarakterga ega bo‘lmagan nomzod sifatida ko‘rinmoqda. U siyosatda nisbatan yangi va prezident bo‘lib aholida yomon taassurot qoldirmagan. Aynan shu omil Bayden va Tramp kabi prezidentlik kursisida o‘tirib ko‘rgan nomzodlarga solishtirganda Harris kampaniyasi muvaffaqiyatli bo‘lishini taʼminlamoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar