Daryo

Rolls-Royce kompaniyasi har bir xodimiga 900 dollarlik aksiyalarini sovg‘a qiladi

40 ming xodimga umumiy hisobda 38 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratish reja qilingan

1 daqiqa o‘qish8 706 ko‘rishlar0 izoh0

Rolls-Royce kompaniyasi har bir xodimiga 700 funt sterling (892 dollar) qiymatidagi aksiyalarini tortiq qiladi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Foto: Financial Times

Manbada aytilishicha, kompaniya so‘nggi besh yillikdagi eng yuqori yillik daromadga erishgan. Endilikda ushbu daromaddan har bir ishchi munosib divident oladi.

Kompaniya ijrochi direktori lavozimiga 2023-yilning yanvar oyida Tufan Erginbilgich tayinlangach o‘tkazilgan islohotlari natijasida Rolls-Royce aksiyalari qiymati besh baravardan ko‘proqqa oshgan. Muqaddam neft sanoatida ishlagan ilg‘or fikrli rahbar tayinlanishi va uning yangicha rejalari korporatsiya ishini jonlantirib yuborgan.

Kompaniya yetakchisi dividendlarni to‘lash tartibini qayta tiklagan. Bu tartibning mavjudligi va amalda ishlashi kompaniyaning bo‘lg‘usi investorlari uchun muhim ekanligi aytilgan.

“Muvaffaqiyatimizga xodimlarimiz ham sherik bo‘lishi muhim. Biz kelajakdagi muvaffaqiyatimizga qo‘shgan hissangizni eʼtirof etishni va g‘alabamizda o‘ynagan rolingiz uchun sizni mukofotlashni istaymiz”, degan rag‘batlantirish tizimi haqida gapirgan Tufan Erginbilgich.

Manbaga ko‘ra, Rolls-Royce kompaniyasining 2024-yil birinchi yarmidagi operatsion daromadi oldingi miqdorga nisbatan 74 foizga oshib, 1,1 milliard funt sterlingni tashkil etgan. Rasmiylar bu qiymat yil oxirigacha 2,3 milliard funt sterlingga yetishini maʼlum qilgan.

Maʼlumot o‘rnida, Rolls-Royce kompaniyasida ayni paytda 40 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Rag‘batlantirish doirasida ularga taqdim etiladigan divident hajmi umumiy hisobda 30 million funt sterling (38 mln dollardan ortiq)ni tashkil etishi taxmin qilingan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar