Daryo

Shahram G‘iyosovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Madrimov—Krouford kardida jang qilish mumkinligi xabar qilingan edi

1 daqiqa o‘qish31 054 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31-iyul kuni Migel Perraga qarshi jang qiladi. Ushbu jang Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Foto: X (sobiq Twitter)

Ushbu kunda Isroil Madrimov va Terens Krouford ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Mashg‘ulotlardan so‘ng esa kichik 3 ta jangdan iborat boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. 

Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Hozirda Shahram G‘iyosovning professional boksda 15 ta g‘alabasi mavjud.

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Jang 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirda ikki o‘zbekistonlik bokschi Amerikada mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar