Daryo

Rossiyalik MMA jangchisi aeroportda sayyohni kaltakladi

Dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan

1 daqiqa o‘qish11 037 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi, deb xabar bermoqda Mash telegram kanali.

Foto: Yaplakal

Manbaga ko‘ra, sportchi erkakka hujum qilgan. Aleksandrning aytishicha, erkak va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan.

Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga Vnukovo xodimi — golf mashina haydovchisi ham mushtlashuvda ishtirok etgan.

Larkin haydovchi bilan birga hibsga olingan va tushuntirish berilganidan keyin uyiga qo‘yib yuborilgan. Shuningdek, Aleksandrning do‘stlari huquq-tartibot idoralari kelguniga qadar jo‘nab ketgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar