Daryo

Ruslan Chagayev Olimpiada ishtirokchisi Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosov haqida fikr bildirdi

Sobiq bokschi ikki bokschining ham imkoniyatlarini yuqori baholadi

1 daqiqa o‘qish194 076 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston boks yulduzi, WBA versiyasi bo‘yicha super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, og‘ir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni Ruslan Chagayev O‘zbekistonning bugungi kunda eng yaxshi bokschilari — Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosov haqida fikr bildirdi.

Foto: Ria Novosti
Ruslan Chagayev
Bahodir Jalolov — eng quyi bosqichdan rivojlanib, hozirda top darajaga chiqqan jahon boks olamidagi yetakchilardan biri. Yaqinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada bahslarida chempion bo‘lishiga umid qilaman. Nazarimda, Bahodir Parijdagi musobaqada eng kamida kuchli uchlikda bo‘ladi.

Ruslan Chagayev yana bir jahon chempionligiga nomzod bo‘lgan Shahram G‘iyosov haqida ham o‘z fikri va tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Shahram G‘iyosov jahon chempionligiga nomzod yana bir o‘zbek boksi yulduzlaridan biri. O‘ylashimcha, uning professional boksda jahonning eng yetakchi bokschisi bo‘lishga imkoniyatlari yetarli. Buning uchun unga bir qadam qoldi va O‘zbekistonda yana bir jahon chempioni paydo bo‘ladi, — deya Ruslan Chagayev o‘z fikrini yakunlagan. 

Ma’lumot uchun, Ruslan Chagayev 2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramagan edi.

  • Bokschi “O‘zbekiston iftixori” (1998), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000) unvonlari bilan taqdirlangan. 
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar