Daryo

Makgregor va Chendler jangi rasman bekor qilindi

3-iyun sanasida sportchilar ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumani o‘tkazilmagan edi

1 daqiqa o‘qish16 806 ko‘rishlar0 izoh0

Mashhur irlandiyalik MMA jangchisi va yengil vazn toifasida sobiq ikki karra UFC chempioni Konor Makgregor hamda 70 kg vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Chendler o‘rtasidagi jang rasman bekor qilindi. Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Ma’lumot uchun, Makgregor va Chendler o‘rtasidagi jang 29-iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC-303 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

3-iyun kuni liga rahbariyati Dublinda Konor Makgregor va Maykl Chendler ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qildi, bu esa jangning o‘tkazilmasligi haqidagi mish-mishlarning chiqishiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor bundan oldin Dastin Poryega qarshi ikkita jang o‘tkazgan: 2021-yil yanvarida irlandiyalik sportchi ikkinchi raundda nokaut bilan yutqazgan, o‘sha yilning iyul oyida Konor jangda chap oyog‘ini sindirib oladi va jangda yana texnik nokaut bilan mag’lubiyatga uchraydi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar