Daryo

Porye Habibni Maxachevdan kuchliroq jangchi ekanini ta’kidladi

UFC-302 musobaqasida Porye beshinchi raundda Maxachevga mag‘lub bo‘lgan edi

1 daqiqa o‘qish11 976 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye Habib Nurmagomedov va Islom Maxachev o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Foto: Getty Images

UFC-302 musobaqasida Porye beshinchi raundda Maxachevga mag‘lub bo‘lgan edi.

— Habib va ​​Maxachevning jang uslublarini taqqoslay olasizmi?

— Parterga tortish usuli farqlanadi, lekin raqibiga bosim qilish jihatidan ular o‘xshash. Maxachev klinchda ko‘proq ishlaydi va tos suyagining yuqori qismini ushlab turadi. Habib oyoqlariga borgandi, ya’ni parterga kirishda tananing pastroq qismiga hujumga o‘tadi.

Nazarimda, Habib jismonan kuchliroq. Usulga kirish paytida Islom juda kuchli bosim o‘tkazishini ham alohida ta’kidlash joiz. Barcha jangchilar kuchli, lekin Islom bo‘g‘ish holatida ushlab turganida uning charchagani umuman sezilmadi. O‘ylashimcha, u oktagonda yana kamida besh daqiqa o‘tkazishi mumkin edi”, — dedi Porye MMA Hour nashriga bergan intervyusida.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar