Daryo

Rossiyada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi

O‘zbekiston fuqarosi hukumat binosi oldida portlovchi qurilmani ishga tushirmoqchi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish57 662 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Stavropol o‘lkasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Baza xabar berdi.

Foto: “Komsomolskaya Pravda”

Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari hukumat binosi yonida bomba portlatmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, teraktni Stavropoldagi avtoyuvish shoxobchasida ishlovchi 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rejalashtirgan. 

FSB maʼlumotlarida u “Islomiy davlat” (ISHID) aʼzosi bo‘lgani ma’lum qilingan. 9-dekabrdan 14-dekabrgacha u uyda ammiakli selitra asosida ikkita portlovchi moslama yasagan. O‘zbekiston fuqarosi Lenin maydonidagi hukumat binosi yaqinida ularni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Baza xabariga ko‘ra, 18-dekabr kuni ushbu shaxsga nisbatan teraktga tayyorgarlik ko‘rish moddasi bo‘yicha ish ochilgan. Agar aybi isbotlansa, u 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar