Daryo

Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Jang Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish33 459 ko‘rishlar0 izoh0

Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jang tashkilotchisi, Riyadh Season rahbari Turki ash-Sheyx ma’lum qildi.

Foto: DAZN

“Mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 2024-yilning 21-dekabriga belgilangan.

Jang Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Dunyo yana tarixiy kurashni ko‘radi. Biz boks muxlislari oldidagi majburiyatlarimizni bajarishda davom etamiz”, — deb yozdi Turki Al ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq ushbu jang 12-oktyabrda o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Usik Fyurini ochkolar hisobida mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Ushbu jangdan so‘ng Oleksandr Usik barcha 5 kamarga egalik qilish bilan bir qatorda, mutlaq chempionga aylandi.

Oxirgi marta Lennoks Lyuis 1999-yili og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar