Daryo

Jon Jons noyabr oyida oktagonga qaytishini ma’lum qildi 

UFC chempioni uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana jang qiladi

1 daqiqa o‘qish5 780 ko‘rishlar0 izoh0

UFC jangchisi Jon Jons 2024-yil noyabr oyida oktagonga qaytishini ma’lum qildi.

Jons so‘nggi bor 2023-yil 5-mart kuni UFC 285 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan jangda Jon Jons og‘ir vazn toifasida vakant kamar uchun Siril Ganga (11-2) qarshi jang qilgandi. Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni birinchi raunddayoq Ganni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etib, og‘ir divizion tituliga ega chiqqandi.

Jonning keyingi jangi 10-noyabrda UFC 309 doirasida Stipe Miochichga qarshi bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu borada muzokaralar olib borilayotgani xabar qilindi. 

“10-noyabr. Medison-skver-garden”, — deb yozgan Jon Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Shundan so‘ng darhol bu yozuvni o‘chirib tashlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons 2023-yilning noyabrida Miochichga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq Jonning jarohati tufayli jang bekor bo‘lgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar