Daryo

Nursulton Ro‘ziboyevning UFC’dagi uchinchi jangi tasdiqlandi

Jang 12-may kuni bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish67 327 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 12-may sanasida o‘tkazadi. Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

Foto: USAToday

Ro‘ziboyev AQSHdagi UFC Fight Night turnirida Xoakin Bakliga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UFC on ESPN turnirining asosiy kardida jang qilgan o‘zbekistonlik sportchiga Sedrik Dyuma (9-2) raqiblik qilgandi. 

Jang 1-raunddayoq yakuniga yetib, Nursultonning ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi texnik nokaut qayd etgan edi.

Xoakin Bakli 30 yoshda. U so‘nggi jangini 30-mart kuni Visente Lukyega qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. U MMA’da 24 ta jang o‘tkazib, 18 tasida g‘alaba qozongan, 6 bora mag‘lubiyatga uchragan. 

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar