Daryo

Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Poryening zaif tomonlarini aytdi

Ushbu jang 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish20 181 ko‘rishlar0 izoh0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev UFC 302 dagi raqibi amerikalik Dastin Porye haqida gapirdi.

“Men Porye bilan jang rejamni bilaman. Siz shunchaki bo‘yningizni himoya qilishingiz kerak. Dastin — afsona, bu sport turida katta tajribaga ega. U yaxshi zarba beradi, lekin zaif tomonlari — kurash va grappling (raqibni ushlash). Ammo men uning bo‘g‘ish usuliga tayyor bo‘lishim kerak”, — dedi Maxachev New York Post gazetasiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirida Islom Maxachev Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023-yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi.

Porye esa 2024-yil martida Benua Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar