Daryo

Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov ham Osiyo Kubogida ishtirok etadi

O‘FA Osiyo Kubogida qatnashuvchi futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish42 060 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e’lon qilindi.

Foto: “O‘FA”

Ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy olgan. 

  • Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
  • Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Abduqodir Husanov (“Lans”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Mahmud Mahamadjonov (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”), Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Kayrat”);
  • Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov (“Olimpik”), Jasurbek Jaloliddinov (“Neftchi”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”), Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”), Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
  • Hujumchilar: Ulug‘bek Hoshimov (“Surxon”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Husayn Norchayev (“Neftchi”), Ruslanbek Jiyanov (“Navbahor”), Alisher Odilov (“Olimpik”), Hojimat Erkinov (“Al-Vahda).

O‘FA Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovning Dohaga kelish sanasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot rasmiy sahifalarida eʼlon qilinishini qo‘shimcha qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlari musobaqadagi ishtirokini 17-aprel kuni Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Ar-Rayyandagi Khalifa International stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti: 18:00.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar