Daryo

Rasman: Islom Maxachevning keyingi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi 

Maxachev UFC 302 turniri asosiy jangida oktagonga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish43 702 ko‘rishlar0 izoh0

Islom Maxachev 2-iyun kuni Dastin Poryega qarshi jang qiladi.

Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi. Islom va Dastin o‘rtasidagi titul uchun jang iyun oyida Nyuarkda (Nyu-Jersi) o‘tkaziladigan UFC 302 turnirining asosiy jangi bo‘ladi.

Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023-yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi.

Porye esa 2024-yil martida Benua Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar