Daryo

Manba: Jon Jons antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qilgan

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u mast holda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish6 086 ko‘rishlar0 izoh0

Og‘ir vaznda UFC chempioni unvonining amaldagi sohibi, amerikalik Jon Jons Albukerkedagi uyiga taqiqlangan moddalarga test olish uchun kelgan Drug Free Sport (DFS) antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Abq Raw xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Jon Jons o‘ta mast bo‘lgan. DFS xodimi uyga kirganida, Jons testlarni topshirishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, u o‘ldirish bilan qo‘rqita boshlagan va xodimning telefonini ham olib qo‘ygan. Jarohat olgan erkak politsiyaga murojaat qilgan. Biroq ma’lumotlar bazasida Jonsga nisbatan jinoiy yoki ma’muriy ish hali ro‘yxatga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons o‘zining so‘nggi jangida fransiyalik jangchi Siril Ganni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar