Daryo

Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jangdan 20 million dollar gonorar oladi 

Boks afsonasi iyul oyida o‘zidan 30 yosh kichik videoblogerga qarshi jang qiladi

1 daqiqa o‘qish29 180 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi kutilayotgan jangga o‘z munosabatini bildirdi.

Boks afsonasi Mayk Tasyon va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang 20-iyul kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi.

“Men Maykni hurmat qilaman. Lekin tango ikki kishi uchun bo‘lishi kerak. Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb o‘ylayman. Menimcha, Taysonga yaxshigina haq to‘lashadi. Aks holda u bu jangga rozi bo‘lmasdi. Mayk bu shouga o‘xshab ketadigan jangdan taxminan 20 million dollar ishlab oladi. 57 yoshli sobiq chempion o‘zidan 30 yosh kichik bolaga qarshi ringga chiqmoqchi. Tasavvur qilyapsizlarmi?”, — deydi Sexudo.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda bloger Jeyk Pol podkastlarining birida hazil tariqasida Mayk Taysonni jangga chaqirgandi. “Mayk, agar sen ushbu podkastni ko‘rayotgan bo‘lsang, kel, biroz zavqlanamiz. Yangi maktab eski maktab vakiliga qarshi. Menimcha, muxlislar ham buni ko‘rishni xohlaydi”, — deb aytgandi Jeyk.

YouTube bloger Jeyk Pol boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan so‘nggi jangida Rayan Burland ustidan g‘alaba qozongan.

Qayd etib o‘tish joiz, Mayk Tayson 2023-yilning noyabr oyida Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar