Daryo

Netflix afsonaviy bokschi Mayk Tayson va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang anonsini e’lon qildi (video)

Ular o‘rtasidagi jang iyul oyida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish27 466 ko‘rishlar0 izoh0

Netflix platformasi boks afsonasi Mayk Tayson va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang anonsini e’lon qildi.

Videoda Jeyk Pol va Mayk Taysonni ko‘rish mumkin. Xabarga ko‘ra, ular o‘rtasidagi jang 20-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda bloger Jeyk Pol podkastlarining birida hazil tariqasida Mayk Taysonni jangga chaqirgandi. “Mayk, agar sen ushbu podkastni ko‘rayotgan bo‘lsang, kel, biroz zavqlanamiz. Yangi maktab eski maktab vakiliga qarshi. Menimcha, muxlislar ham buni ko‘rishni xohlaydi”, — deb aytgandi Jeyk.

YouTube bloger Jeyk Pol boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan so‘nggi jangida Rayan Burland ustidan g‘alaba qozongan.

Qayd etib o‘tish joiz, Mayk Tayson 2023-yilning noyabr oyida Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar