Daryo

Konor Makgregor UFC bilan shartnomasida nechta jang qolganini aytdi

Konor 2021-yilning yozidan buyon jang o‘tkazmagan

1 daqiqa o‘qish28 518 ko‘rishlar0 izoh0

Mashhur irlandiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor oktagonga qaytishi mavzusida gapirdi.

Foto: Getty Images
“UFC bilan shartnomam tugashiga yana ikkita jangim bor. Hozir muzokaralar olib bormoqdaman. Mening ishtirokimdagi “Yo‘l bo‘yidagi uy” filmini targ‘ib qilish ishlari tugagach, o‘zimni izolyatsiya qilaman. Va men oktagonga qaytish ustida ishlayman. Men buni juda xohlayman. Biz hozir 2024 yilning birinchi choragidamiz. Oldinda hali yilning katta qismi bor», - deya Makgregor so'zlarini keltiradi MMA Fighting.

Konor 2021-yilning yozidan buyon jang o‘tkazmagan. O‘shanda u AQSh vakili Dastin Poryega yutqazib, jangda oyog‘ini sindirgan edi. Makgregor avvalroq navbatdagi jangini 2024-yil 29-iyun kuni o‘tkazishga umid qilayotganini aytgan va o‘ziga raqib sifatida Maykl Chandlerni ko‘rsatgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar