Daryo

Porye Getjidan mag‘lubiyatga uchragach, psixoterapiyadan o‘ta boshlaganini tan oldi

AQSHning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10-mart tongida UFC 299 turniri bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish12 439 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye Jastin Getji bilan jangda mag‘lub bo‘lgach, psixoterapiyadan o‘tishni boshlaganini aytdi.

Foto: Getty Images

“Getji bilan jangdan keyin men haqiqiy ruhiy iztirobni boshdan kechirdim. O‘shandan keyin men diqqat bilan shug‘ullana boshladim, rejalarimni belgilab oldim va har kunim uchun shukr qilishga harakat qildim. Ha, bu juda qiyin.

Har gal Volkanovskiyning nima deganini, o‘zini qanday tutishi va rostgo‘yligini ko‘rganman va men ham xuddi shunday vaziyatdan o‘tdim. Jangdan keyin terapiyaga bora boshladim. Menimcha, o‘z fikrlaringizni ochish va o‘zingizni qanday his qilayotganingiz haqida gapirish juda muhim”, — deb Porye so‘zlarini keltirgan Sportskeeda.

AQSHning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10-mart tongida UFC 299 turniri bo‘lib o‘tdi. Asosiy jangda sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porye Fransiya vakili Benua Sen-Deni bilan uchrashdi. Jangning ikkinchi raundida Porye raqibini nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar