Daryo

Jaloliddin Masharipov: Ota-onamiz harom luqma bilan boqmagan!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Qatarga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi penaltilar seriyasiga to‘xtalib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish59 819 ko‘rishlar0 izoh0

Eronning “Istiqlol” klubida faoliyatini boshlagan va birinchi uchrashuvdayoq “Malavan” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgan Jaloliddin Masharipov Instagram sahifasidagi jonli efir davomida o‘sha Qatar bilan penaltilar seriyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Menga ijtimoiy tarmoqlardan bu haqida juda ko‘pchilik yozdi. Qatarga qarshi kechgan penaltilar seriyasi borasida haligacha tanqidlarni ko‘ryapman. Hayron qolyapman, sizlarning xayolingizga qayerdan keladi bu gaplar? Qanaqa qilib vatanni sotish mumkin? Iltimos, ozgina farosatni ishlatingizlar. Hayotda mehnat qilib ko‘rmagansizlar. 

Xudoga shukur, ota-onamiz harom luqma bilan boqishmagan va bizga ham buni o‘rgatishmagan”, — dedi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Qatar termasiga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, Osiyo Kubogida o‘z “yurish”ini to‘xtatgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar