Daryo

Maxachqal’ada 21 yoshli MMA jangchisi otib ketildi 

MMA jangchisi Abdulmanap Nurmagomedov maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish26 142 ko‘rishlar0 izoh0

Dog‘istonda MMA jangchisi Magomed Mutayev otib ketildi.

Voqea 31-yanvar kuni Maxachqal’ada yuz bergan. Jinoyatchi Mutayevga bir necha bor o‘q uzgan. 

21 yoshli Magomed professional MMA’da bitta jang o‘tkazgan. 2023-yilning noyabr oyida Elgun Yusibov ustidan g‘alaba qozongan. 

Magomed Mutayev yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi maktab tarbiyalanuvchisi bo‘lgan. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar