Daryo

Qashqadaryoda Xitoyning yirik kompaniyalari hamkorligida kompyuter qurilmalari ishlab chiqariladi

Loyiha 2024-yilning so‘nggi choragida ishga tushiriladi. Unda ishlovchi xodimlarning aksariyati Xitoyda va xitoylik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda malaka oshiradi

1 daqiqa o‘qish19 606 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryoda Xitoyning bir necha yirik kompaniyalari hamkorligida kompyuter qurilmalari ishlab chiqariladi. 

 

Viloyati hokimligi delegatsiyasi Xitoyning Shenjen shahridagi kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi yirik kompaniyalar Shenzhen T.D.S Electronic Technology va xalqaro Intel kompaniyalari hamkorligida Qarshidagi erkin iqtisodiy zonada monoblok, noutbuk, ona platalar, videokartalar va boshqa kompyuter qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Loyihaning dastlabki qiymati 30 million dollar bo‘lib, unda yillik 1 milliondan ortiq mahsulotlar va qurilmalar ishlab chiqariladi.

Mazkur investitsiyaviy loyiha 2024-yilning 4-choragida ishga tushiriladi. Unda 120 nafar xodim ish bilan ta’minlanadi. Xodimlarning aksariyati Xitoyda va xitoylik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda malaka oshiradi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar