Daryo

UFC 298 turnirining rasmiy posteri e’lon qilindi 

Turnirning asosiy jangi Volkanovski va Topuriya o‘rtasida kechadi

1 daqiqa o‘qish10 736 ko‘rishlar0 izoh0

UFC 298-raqamli turnirining rasmiy posterini e’lon qildi.

Turnir Kaliforniya shtatida 18-fevral oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Asosiy jang yarim yengil vazn toifasi vakillari Aleksandr Volkanovski va Iliya Topuriya o‘rtasida kechadi. Shuningdek, Robert Uittaker Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Volkanovski so‘nggi bor 2023-yilning oktyabrida Islom Maxachevga qarshi jang qilgandi va 1-raunddayoq nokautga uchragandi.

Topuriya esa 2023-yilning iyun oyida Josh Emmetga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar