Daryo

Instagram Sport: “Lans” Abduqodir Husanovga omad tiladi, OFK O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi gollarini yodga oldi, Kilian Mbappe “PSJ” bilan navbatdagi sovrinini qo‘lga kiritdi

Sport olami vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi foto va videolari

1 daqiqa o‘qish43 176 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek sporti vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Lans” Instagram sahifasida Osiyo Kubogida ishtirok etadigan futbolchisi Abduqodir Husanovni e’tirof etdi.

“PSJ” “Tuluza” ustidan g‘alaba qozonib, Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi.

Kimdir uni “Real”ga, kimdir esa “Liverpul”ga o‘tadi deya bahslashayotgan bir paytda Kilian Mbappe “PSJ” bilan navbatdagi sovrinini qo‘lga kiritdi.

OFK rasmiy sahifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kuboklaridagi chiroylari gollari eslab o‘tildi.

Shahram G‘iyosov: “Bu bir o‘tkinchi dunyoda biz mehmonmiz, qizim, bizdan qoladigani faqat yaxshi amallarimiz. Bu dunyoni abadiy deb o‘ylama, faqat uxlagandan keyingina uyg‘onamiz”.

Konor Makgregor Instagram’iga hazilomuz video joyladi. Unda Konorning dam olayotgani va Maykl Chendlerning tinmay mehnat qilayotganini ko‘rish mumkin. 

Bu orqali irlandiyalik sportchi iyun oyida ular o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang oldidan ortiqcha tayyorgarlik shart emasligiga ishora qilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan fotolavhalar.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar