Daryo

Abduqodir Husanov to‘p suradigan “Lans” “Frayburg”ga qarshi o‘ynaydi. Yevropa Ligasi 1/8 finaliga o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi 

O‘tish o‘yinlari g‘oliblari 1/8 finalga yo‘l oladi

1 daqiqa o‘qish15 653 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/8 finalga o‘tish o‘yinlariga 18-dekabr, dushanba kuni qur’a tashlandi.

O‘tish bahslarida 16 ta jamoa ishtirok etadi: Yevropa Ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan 8 jamoa va Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan yana 8 jamoa.

Ushbu bahslarning g‘oliblari 1/8 finalda Yevropa Ligasi guruh bosqichida yetakchilikni qo‘lga kiritgan jamoalarga qarshi o‘ynaydi. “Vest Hem”, “Brayton”, “Reynjers”, “Atalanta”, “Liverpul”, “Vilyarreal”, “Slaviya” va “Bayer” to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l olgan.

Yevropa Ligasi o‘tish o‘yinlari juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi:

  • “Feyenoord” — “Roma”
  • “Milan” — “Renn”
  • “Lans” — “Frayburg”
  • “Yang Boys” — “Sporting”
  • “Benfika” — “Tuluza”
  • “Braga” — “Karabax”
  • “Galatasaroy” — “Sparta Praga”
  • “Shaxtyor” — “Marsel”

O‘tish o‘yinlarining dastlabki uchrashuvi 15-fevralda, javob bahslari esa 22-fevralda o‘tkaziladi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar