Daryo

Xanchjou—2022. Bahodir Jalolov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi 

Jalolov ushbu g‘alaba orqali Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o‘qish28 908 ko‘rishlar0 izoh0

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 3-oktabr, seshanba kuni davom ettirilmoqda. 

Boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.

Eng og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jalolov yarim finalda xitoylik Bayikevuzi Danabiekeni 1-raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratishga erishdi va 5-oktyabr kuni oltin medal uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Jalolov Parij—2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir bundan avvalgi bosqichda tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni katta ustunlik bilan dog‘da qoldirgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar