Daryo

Xanchjou—2022. Bahodir Jalolov tojikistonlik raqibini mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi

Jalolov musobaqani ajoyib g‘alaba bilan boshladi

1 daqiqa o‘qish27 752 ko‘rishlar0 izoh0

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 30-sentabr, shanba kuni davom ettirilmoqda. 

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Chorak finaldan bahslarga qo‘shilgan Bahodir tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni katta ustunlik bilan dog‘da qoldirdi. Bahodirning kuchli zarbalaridan keyin hakam 2-raundda bahsni to‘xtatdi va Jalolovning g‘alabasini qayd etdi.

-71 kg vazn toifasining qurʼasi ikki jahon chempionlarini chorak finalda o‘zaro to‘qnash keltirdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov o‘rtasidagi bahs raqib sportchining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar