Daryo

Liga 1. Abduqodir Husanov maydonga tushmagan o‘yinda “Lans” “PSJ”ga mag‘lub bo‘ldi 

Parijliklar chempionatdagi ilk g‘alabasini rasmiylashtirdi

1 daqiqa o‘qish18 094 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 3-turida “PSJ” 26-avgust, shanba kuni “Lans”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Birinchi bo‘lim so‘ngida Marko Asensio parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim ham “PSJ”ning faolligi bilan boshlandi. 52-daqiqada Kilian Mbappe ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin so‘ngida esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi. 90+5-daqiqada Gilavogi hisobni qisqartirishga erishdi. Yakunda Luis Enrike shogirdlari ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi. 

Qayd etib o‘tish joiz, “Lans” tarkibida harakat qiladigan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bugun maydonga tushirilmadi. 

“PSJ” ketma-ket ikkita durangdan so‘ng nihoyat mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ochkolari sonini 5 taga yetkazgan Parij klubi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Liga 1

3-tur bahsi

26-avgust, shanba

“PSJ” – “Lans” 3:1

Gollar: 1:0 – 45 Asensio, 2:0 – 52 Mbappe, 3:0 – 90+1 Mbappe, 3:1 — 90+5 Gilavogi.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Shkrinyar, Ernandes (Danilu Pereyra, 83), Ugarte, Vitinya, Zair-Emeri (Soler, 86), Dembele (Fabian Ruis, 80), Asensio, Mbappe.

“Lans”: Samba, Gradi, Danzo, Medina, Machado, Frankovski (Le Kardinal, 46), Tomasson (Vai, 58), Fyuljeni (Gilavogi, 74), Abdul-Samed (Spirings, 46), Diuf (David Koshta, 83), Sotoka.

Ogohlantirishlar: Medina (19), Sotoka (42), Spirings (79), Machado (82), Gradi (87).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar